TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 4-noyabr kuni o‘tkazadi.
Ro‘ziboyevga Braziliya vakili Kayo Borralo raqib bo‘ladi. Bu haqda o‘zbekistonlik sportchi o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Jang "UFC Fight Night 230" musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Braziliyaning San-Paulu shahrida tashkil etiladi.
Nursulton Ro‘ziboyev 2-iyul kuni UFCdagi ilk jangini o‘tkazdi. U braziliyalik raqibi Bruno Ferreyrani birinchi raunddayoq nokaut bilan mag‘lub etdi.