Dunyo iqtisodiyotidagi muammolar ildizi G‘arb xatolarida – Putin

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshlanishi bilan G‘arbga barcha o‘z xatolarini Rossiyaga ag‘darish juda qulay bo‘lib qolgan.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Dunyo bozorlaridagi muammolar ildizi Rossiya olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyada emas, balki G‘arbning iqtisodiy siyosati xatolaridadir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Bu yerda Rossiya va bizning maxsus harbiy operatsiyamizning nima aloqasi bor? Hech qanday aloqasi yo‘q. To‘g‘ri, bu bunday muammolarning kuchayishi uchun turtki bo‘lganini tan olish kerak, biroq muammolar ildizi bu yerda emas. Muammolar ildizi ular (G‘arb mamlakatlari) xatolarida, ular o‘n yillar davomida odatdagidek qandaydir ichki siyosiy qarashlari sharoitlaridan kelib chiqib, ketma-ket takrorlagan iqtisodiy siyosati xatolarida”, - dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshlanishi bilan G‘arbga barcha o‘z xatolarini Rossiyaga ag‘darish juda qulay bo‘lib qolgan.
“Ularni shunday ham qilishmoqda – ularga xos bo‘lgan odatiy yarqirash bilan. Valaqlashni bilishadi, xolos. Juda qulay pozitsiya”, - dedi Putin.