Toshkent viloyatida GES ishga tushdi — u qancha elektr energiyasi ishlab chiqaradi?

“Ispaysoy” mikro GESning quvvati 200 kVt bo‘lib, o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi hajmi 1,75 mln kVt·soatni tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida GES ishga tushdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
“O‘zbekgidroyenergo” tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Piskom darosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikro GESning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida GES ishga tushdi
“Ispaysoy” mikro GESning quvvati 200 kVt bo‘lib, o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi hajmi 1,75 mln kVt·soatni tashkil etadi.
Ispaysoy Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, Ispay qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Piskom darosiga quyiluvchi soy bo‘lib, uning uzunligi 13 kilometr, hajmi 73 km2ni tashkil etadi. Soyning o‘rtacha yillik suv sarfi 2,4 m3/sekunt.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida GES ishga tushdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilda umumiy quvvati 197 MVtga teng bo‘lgan 7 ta loyihani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.