Qaysi hududda yomg‘ir yog‘adi — O‘zbekistonda 30-iyul uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, ayrim hududlarda harorat +42 darajagacha isiydi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Ertaga, 30-iyul kuni respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +23-25, kunduzi +38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +22-25, kunduzi +37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +23-28, kunduzi +37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +22-27, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +23-28, kunduzi +37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda o‘zgarib turadi. Ba’zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +15-20, kunduzi +27-32 daraja issiq bo‘ladi.