Farg‘onadagi yong‘inda 6 nafar fuqaro vafot etdi — voqeani Hukumat komissiyasi o‘rganadi

Prezidentining topshirig‘iga asosan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh vazirning o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Farg‘onada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bugun Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavvatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘ldi.
"Buning oqibatida 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan", deyiladi xabarda.
Aytilishicha, prezidentining topshirig‘iga asosan sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh vazirning o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.