TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘tgan to‘rt haftada dunyoning 52 foiz mamlakatida COVID-19 umuman qayd etilmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi to‘rt haftada dunyoning 52 foiz mamlakatida birorta ham COVID-19ga chalinish holati qayd etilmaganini ma’lum qildi.
"Bu 234 ta davlatdan 122 tasida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat to‘liq barqarorlashganini anglatadi", deyiladi xabarda.
Shunga qaramay, kasallik hali to‘liq chekingani yo‘q, 26-iyundan 23-iyulga qadar 868 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Ulardan 3 nafardan ortig‘i xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.