TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyati Taganrog shahri markazida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
“Asosiy portlash Taganrog san’at muzeyi hududida ro‘y berdi. Muzey devori, tomi, garajlari va qurilish joylari vayron bo‘ldi”, - deya ma’lum qildi viloyat gubernatori Vasiliy Golubev.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Kiyev shaharning turar joy infratuzilmasiga S-200 raketasi bilan zarba bergan.
Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari havoda Ukraina raketasini tutib olgan, uning bo‘laklari Taganrog hududiga qulagan.
Tibbiyot muassasalariga 15 kishi olib borilgan. Ularning ahvoli o‘rtacha va yengil deb baholanmoqda.
Mashina va ko‘p kvartirali uy shikastlaygan. Qo‘shni binolardagi oynalar singan. Voqea joyida tegishli organ xodimlari ish olib bormoqda.