Putin Zimbabve prezidentiga vertolot sovg‘a qildi

Rossiya rahbari matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, bu sovg‘a o‘tgan yili qilingan bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zimbabve rahbari Emmerson Mnangagvega vertolot sovg‘a qildi, deya xabar bermoqda mamlakat axborot vazirligi.
“Muhtaram Prezident janoblari Putin prezident janoblariga vertolot hadya qildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, vertolot Zimbabvega tez orada yetkaziladi.
Keyinroq Rossiya rahbari matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, ushbu sovg‘a o‘tgan yili qilingan bo‘lgan.
Avvalroq payshanba kuni davlat rahbarlari 27-28 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya-Afrika sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazgan edi.