Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Moskva viloyatida Ukraina droni urib tushirildi

Mudofaa vazirligi Moskva viloyatida dron hujumining oldi olinganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi Moskva viloyatiga pilotsiz uchar apparati hujumining oldini oldi, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

"Bugun ertalab Kiyev rejimining droni yordamida Moskva viloyatidagi obyektlarga terakt uyushtirishga urinishi bartaraf etildi. Dron havo mudofaasi yordamida yo‘q qilindi", - deyilgan xabarda.

Avvalroq Moskva meri Sobanin urib tushirilgan uchuvchisiz uchar apparat haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, u vayronagarchilik va qurbonlar yo‘qligini aytdi.
Iyul oyi boshida Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchar qurilmalari poytaxt viloyatida urib tushirilgan: ikkitasi Valuyevo qishlog‘i yaqinida (ular ochiq maydonga tushib ketgan), yana bittasi Kubinka yaqinida va yana ikkitasi Yangi Moskvada.