TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib orayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti, 28-iyul holatiga:
Janubiy Donesk yo‘nalishida dushman zirhli va boshqa og‘ir texnikalar yordamida Rossiya qo‘shinlarining mudofaasini buzib o‘tishga urinishda davom etdi.
Zaporoje viloyatining Rabotino va Uspenovka aholi punktlari hududlarida UQK Janubiy harbiy okrugi 58-armiyasining 42-motoo‘qchilar diviziyasining 71-motoo‘qchilar polki va 810-dengiz piyoda brigadasi pozitsiyalariga hujum qildi. Qora dengiz floti shaxsiy tarkibi ustun bo‘lgan dushman kuchlarining barcha hujumlarini muvaffaqiyatli qaytardi.
Kun davomida 180 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, beshta tank, jumladan, uchta nemis "Leopard"i va Fransiyaning ikkita AMX g‘ildirakli tanki, 17 ta BMP, ikkita zirhli jangovar mashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va "Strela-10" zenit jangovar tizimi mashinasi yo‘q qilindi.
DXRning Staromayorskoe qishlog‘i yaqinidagi Vremevskiy bo‘rtig‘ida "Sharq" kuchlar guruhi UQKning 35-dengiz piyodalari brigadasi hujumini qaytardi va Ukraina diversion-razvedka otradini yo‘q qildi.
Dushmanning bu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 110 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita BMP, uchta zirhli jangovar mashinasi, D-20, D-30 va Msta-B gaubitsalarini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi UQKning LXRning Chervonaya Dibrova aholi punkti hududiga 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujum otradlarining to‘rtta hujumini qaytardi.
LXRning Sergeyevka aholi punkti hududiga Rossiya 2-armiyaning 15-moto-o‘qchi brigadasi hujum otradlari Svatovskiy yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom ettirdilar va dushmanning bir qator istehkomlarini egallab oldi. Dushman mudofaasi chuqurligiga kirish 1,5 kilometrni tashkil etdi.
LXRning Jitlovka aholi punkti g‘arbida 20-armiyaning 252 va 752 moto-o‘qchi brigadalarninig "Shtorm" otradlari artilleriya zarbasidan so‘ng dushmanga hujum qilib, uning himoyasi ichiga uch kilometr kirishdi.
DXRning Torskoe, Yampolovka, LXRning Novovodanoe, Chervonaya Dibrova va Kremennaya aholi puntlari hududlarida Rossiyaning 2 va 41 armiyalarning 21 va 35 moto-o‘qchi brigadalari, UQKning 25 havo-desant, 21, 67 mexanizatsiyalashgan brigadalari, 100chi mudofaa brigadalari ishchi kuchi va texnikasiga zamonaviy qurollardan zarbar berdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida dushmanning kunlik yo‘qotishlari 90 nafar harbiy xizmatchi, ikkita BMP, uchta zirhli jangovar mashina, uchta transport vositasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhining 1 va 2-armiya korpuslari 7, 9 va 132-moto-o‘qchi brigadalari tomonidan DXRning Belogorovka, Zaysevo, Pervomayskoe va Vodanoe aholi punktlari hududlarida tashkil etilgan himoya-muhandislik to‘siqlari tfayli UQKning 53-mexanizatsiyalashgan, 59-moto-piyoda va 81-aeromobil brigadalarining yettita hujumini muvaffaqiyatli qaytarildi.
Rossiya aviatsiya va artilleriyasi DXRing Konstantinovka, Seversk, Novgorodskoe va Belaya Gora aholi punklarida joylashgan UQKning Avdeyevka posolkalaridagi 24, 28, 43, 110-mexanizatsiyalashgan, 10-tog‘ hujumi, 3-havo hujumi va 77-aeromobil brigadalari bo‘linmalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Bundan tashqari, malakali razvedka harakatlari va aniq zarbalar DXRning Klesheyevka aholi punkti hududida UQK bo‘linmalarining o‘rin almashishiga to‘sqinlik qildi.
Ushbu yo‘nalishda kun davomida jami 260 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, beshta BMP, uchta zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, sakkizta avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi 7-motoo‘qchi polki hujum otradlari LXRning Kuzemovka aholi punkti g‘arbida dushmanga hujum qilib qulay pozitsiyalarni egallab oldilar.
LXRning Stelmaxovka, Xarkov viloyatiing Sinkovka va Novoosinovo aholi punktlari hudularida aviatsiyasi va artilleriya zarbalari yordamida UQKning 14, 32-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 103-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalariga zarba berildi.
Ushbu yo‘nalishda dushmanning yo‘qotishlari 30 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika, ikkita avtomashina, D-30 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan ikkita artillriyaga qarshi radarlari AN/TPQ-50 va AN/TPQ-36 ni tashkil qildi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbasi natijasida 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 133ta hududda joylashga 117 ta artilleriya bo‘linmalarini pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikalasiga zarba berdi.
DXRning Drujkivka va Zaporoje viloyatining Malaya Tokmachka aholi punktlari hududlarida, UQKning Soledar guruhining orqa qo‘mondonlik punkti, shuningdek, Qurolli Kuchlarning 10-armiya korpusining dala qo‘mondonlik punktiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kuniga kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining ikkita raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, LXRning Kremennaya, DXRning Gorlovka, Soledar, Volnovaxa, Novobaxmutovka, Nevelskoe, Zaporojye viloyatining Tokmak, Ulyanovka va Energodar aholi punktlari hududlarida dshmaning 17 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 457 ta samolyot, 244 ta vertolot, 5308 ta uchuvchisiz uchish apparati, 427 ta zenit-raketa majmuasi, 11010 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1140 ta ko‘p raketali tizimlari jangovar texnikasi, 5646 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 11939 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.