“CAFA Futsal Cup 2023”: O‘zbekiston-Eron uchrashuvi qanday yakunlandi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Tojikiston poytaxtida “CAFA Futsal Cup 2023” musobaqasining navbatdagi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
CAFA Futsal Cup 2023: match Uzbekistan-Iran
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi va 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov shogirdlari birinchi o‘yinda Tojikistonga qarshi maydonga tushib, g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda esa Afg‘onistonga imkoniyatni bor berdi. Keyin Turkmanistonga qarshi kechgan bahsda zafar quchdi.
Dushanbe shahrida 23-30 iyul kunlari Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi shafeligida futzal bo‘yicha milliy terma jamoalar o‘rtasida ilk bor – “CAFA Futsal Cup-2023” turniri bo‘lib o‘tmoqda.