BYD vakillari UzAuto Motorsga tashrif buyurdi

Tashrifdan maqsad — o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish. Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Xitoyning BYD avtomobil va elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakillari UzAuto Motors zavodi va mahalliylashtirish korxonalariga tashrif buyurdi.
Amalga oshirilgan tashrifdan maqsad — o‘zaro kooperatsiyani kengaytirish, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning may oyida "O‘zavtosanoat" va BYD Company Ltd bilan hamkorlikda O‘zbekistonda "BYD Uzbekistan Factory" elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshlagan edi.
Kelishuvga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida yengil avtomobil va avtobus ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatini o‘rganib chiqadi. Hamkorlik doirasida gibrid, elektromobil va elektrobus ishlab chiqariladi, savdo va xizmat ko‘rsatish, jumladan, elektromobillarni quvvatlantirish uskunlari va motorini ta’mirlash tarmog‘i ham yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchn “BYD Co Ltd.” dunyoda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. orxonaning turli mamlakatlarda 8 ta zavodi bor, yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqaradi.