TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Qozog‘istondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning 14 ta tumanida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, 27-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 04:52 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,43 gradus shimoliy kenglik; 68,98 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 27 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududia sezilish kuchi:
Zangiota tumanida 2-3 ball, 21 km.
Toshkent tumanida 2-3 ball, 21 km.
Olmazor tumanida 2-3 ball, 22 km.
Uchtepa tumanida 2-3 ball, 22 km.
Shayxontoxur tumanida 2-3 ball, 25 km.
Chilonzor tumanida 2-3 ball, 25 km.
Yunusobod tumani 2 ball, 27 km.
Yakkasaroy tumanida 2 ball, 28 km.
Mirobod tumanida 2 ball, 29 km.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 ball, 31 km.
Sergeli tumanida 2 ball, 31 km.
Yangi Hayot tumanida 2 ball, 34 km.
Yashnabod tumanida 2 ball, 34 km.
Yangiyo‘l tumanida 2 ball, 34 km.