Putinning "Rossiya-Afrika" forumidagi nutqidan asosiy fikrlar

Rossiya-Afrika forumining asosiy mavzusi: Texnologiya va xavfsizlik inson manfaati uchun suveren rivojlanish yo‘lida.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya-Afrika iqtisodiy va gumanitar forumining yalpi majlisida ishtirok etdi. Rossiya prezidentining asosiy bayonotlari

Oziq-ovqat xavfsizligi va don bitimi

"Padoksal manzara paydo bo‘lmoqda. Bir tomondan G‘arb davlatlari g‘alla va o‘g‘itlarimiz yetkazib berishga to‘sqinlik qilmoqda, ikkinchi tomondan <...> ular bizni jahon oziq-ovqat bozoridagi mavjud inqirozli vaziyatda ikkiyuzlamachilik bilan ayblamoqda. Bu yondashuv, ayniqsa, global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan g‘alla bitimini amalga oshirishda yaqqol namoyon bo‘ldi.
“Deyarli bir yil davomida ushbu bitim doirasida Ukrainadan jami 32,8 million tonna yuk eksport qilindi, ularning 70 foizdan ortig‘i o‘rtacha daromad darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga to‘g‘ri keldi. shu jumladan, <...> Yevropa Ittifoqiga. Lekin dona haqiqatda kerak bo‘lgan Efiopiya, Sudan, Somali va boshqa bir qator davlatlarga yetkazib berilgan don esa umumiy hajmning<...> uch foizdan kamrog‘ini tashkil etdi".

Rossiya mahsulotlariga to‘siqlar

“Rossiyaning don va o‘g‘it eksportini sanksiyalardan jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha kelishuv shartlaridan birortasi ham bajarilmadi. <...> Hattoki mineral o‘g‘itlarni muhtoj bo‘lgan eng qashshoq mamlakatlarga xayriya qilishimizga ham to‘siqlar qo‘yildi. <...> Yevropa portlarida ushlab qolingan 262 000 tonna o‘g‘itlarning faqat ikkita partiyasidan - 20 000 tonnasi Malaviga, 34 000 tonnasi Keniyaga yuborildi, qolganlari esa yevropaliklar qo‘lida qoldi.

Jahon bug‘doy bozorida Rossiya ulushi

"Rossiyaning jahon bug‘doy bozoridagi ulushi 20 foizni, Ukrainaniki 5 foizdan kam. Demak, aynan Rossiya global oziq-ovqat xavfsizligiga katta hissa qo‘shmoqda va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mas’uliyatli xalqaro yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Bu undan emas deb bahslashayotganlar faqat Ukraina donini eksport qilish uchungina faktlarni buzib ko‘rsatishmoqda, yolg‘on gapirishmoqda.
Buning hayron bo‘ladigan joyi yo‘q, chunki ba’zi G‘arb davlatlari o‘nlab yillar, balki asrlar davomida shunday yo‘l tutib kelmoqda. Mamlakatimiz, jumladan, muhtoj davlatlar va mintaqalarni qo‘llab-quvvatlash uchun insonparvarlik yordami bilan davom etadi."

Afrikada qishloq xo‘jaligi istiqbollari

"Tegishli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini qo‘llash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish bilan Afrika kelajakda nafaqat o‘zini oziqlantirishi, o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi, balki turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchiga aylanishi mumkin. Rossiya buni faqat qo‘llab-quvvatlaydi".

Energiya resurslari bilan ta’minlash

“Oxirgi ikki yil ichida Afrikaga Rossiya xom nefti, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz eksporti 2,6 baravar oshdi. <...> Afrikaning 16 davlatida Rossiya ishtirokidagi 30 dan ortiq istiqbolli energetika loyihalari turli darajada amalga oshirilmoqda"

Misrda Rossiya sanoat zonasi

"Misrda men kecha bir hamkasbim bilan gaplashdim, prezident As-Sisi bilan biz muhokama qilmoqdamiz va umid qilamanki, yaqin kelajakda Suvaysh kanali hududida Rossiya sanoat zonasini ishga tushiramiz. Birinchi ishlab chiqarish quvvatlari shu yilning o‘zidayoq qurib bitkaziladi. Kelajakda u yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlar butun Afrikaga eksport qilinadi."

Milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tish

"Savdo-iqtisodiy aloqalarning butun doirasini yanada kengaytirish uchun milliy valyutalar, jumladan, rublga bo‘lgan savdo operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy hisob-kitoblarni yanada faolroq o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Bu borada biz Afrika davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz.
Biz Afrika davlatlari moliyaviy infratuzilmasi, bank muassasalarini Rossiyada yaratilgan tizimga ulash orqali, hozirgi kunda mavjud bo‘lgan, G‘arbning cheklovchi moliya tizimlariga bog‘liq bo‘lmagan holda, transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi moliyaviy xabarlarni uzatish tizimlari tashkil etamiz.

Ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida

"Afrikada Rossiyaning yetakchi universitetlarining filiallarini ochish rejalashtirilgan. Rossiya-Afrika tarmoq universiteti doirasida ham Afrika ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Forumimiz arafasida, 26-iyul kuni shartnoma imzolandi. Sankt-Peterburg kon universitetida "Afrikaning yer osti boyliklari" texnik universitetlarining Rossiya-Afrika konsorsiumini yaratish bo‘yicha, mineral-xomashyo kompleksi uchun mutaxassislarni birgalikda tayyorlashni nazarda tutadi.
"Biz afrikalik do‘stlarimizga nafaqat oliy, balki umumiy va o‘rta kasbiy ta’limni rivojlantirishda, o‘qituvchilar, murabbiylar va texnik xodimlarni tayyorlashda yordam berishda davom etamiz. <...> Biz Afrikada rus tilida o‘qituvchilik maktablarini yaratish imkoniyatlarini o‘rganishni taklif qilamiz".
27-28 iyul kunlari Sankt-Peterburgda ikkinchi Rossiya-Afrika sammiti va iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. RIA Novosti tadbirning media hamkori hisoblanadi.