Putin: "Don bitimi" asosan rivojlangan davlatlarga xizmat qilgan — video

"Don bitimi" asosan rivojlangan davlatlar manfaatiga xizmat qilgan, ehtiyojmand kambag‘al davlatlarga yil davomida yetkazib berilgan mahsulotning 3% tekkan — Putin.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Sankt-Peterburgda boshlangan "Rossiya-Afrika" iqtisodiy va gumanitar forumining yalpi majlisida so‘zga chiqdi.
O‘z nutqida Rossiya prezidenti 17-iyulda to‘xtatilgan "don bitimi" haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, Putin aytishiga ko‘ra, u asosan rivojlangan davlatlar manfaatiga xizmat qilgan.
“Deyarli bir yil davomida ushbu bitim doirasida Ukrainadan jami 32,8 million tonna yuk eksport qilindi, ularning 70 foizdan ortig‘i o‘rtacha daromad darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga to‘g‘ri keldi. shu jumladan, <...> Yevropa Ittifoqiga. Lekin dona haqiqatda kerak bo‘lgan Efiopiya, Sudan, Somali va boshqa bir qator davlatlarga yetkazib berilgan don esa umumiy hajmning<...> uch foizdan kamrog‘ini tashkil etdi", - dedi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Putin G‘arb davlatlari tomonidan Rossiya mahsulotlariga nisbatan berilgan va’dalardan birortasi ham bajarilmaganini aytib o‘tdi.
“Rossiyaning don va o‘g‘it eksportini sanksiyalardan jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha kelishuv shartlaridan birortasi ham bajarilmadi. <...> Hattoki mineral o‘g‘itlarni muhtoj bo‘lgan eng qashshoq mamlakatlarga xayriya qilishimizga ham to‘siqlar qo‘yildi. <...> Yevropa portlarida ushlab qolingan 262 000 tonna o‘g‘itlarning faqat ikkita partiyasidan - 20 000 tonnasi Malaviga, 34 000 tonnasi Keniyaga yuborildi, qolganlari esa yevropaliklar qo‘lida qoldi", - dedi Putin.