O‘zbekistonda qanday dori vositalarini bepul olish mumkin?

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga 70 nomdagi dori vositalari kiritilgan. Bundan tashqari, ro‘yxatga gemodializ olayotgan bemorlar uchun dori vositalari ham kiritilgan.
Sputnik
Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy poliklinikalarda davolovchi shifokor tomonidan ko‘rsatilgan dori vositalarining bepul tarqatilishi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ularni binodan chiqmasdan, o‘sha yerning o‘zida olish mumkin. Tafsilotlar Sputnik materialida.

“Davlat rahbarining 2021-yil 21-maydagi qaroriga muvofiq, 2021-yil iyun oyidan boshlab aholi jon boshiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori o‘rtacha uch baravarga oshirildi. Ushbu mablag‘lar evaziga dori-darmon va tibbiyot buyumlarini xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi”, - deydi Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Galina Durmanova.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun bepul dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatini tasdiqladi. Ro‘yxatga 70 nomdagi dori vositalari, 10 nomdagi antiseptiklar, 17 nomdagi stomatologik yordam va 23 turdagi tibbiy buyumlar kiritilgan.
Dori-darmonlar orasida qon bosimini pasaytiradigan, antibiotiklar, antispazmodiklar, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, nafas olish organlari, endokrinologik, gormonal, anemiyaga qarshi, antigistaminlar, vitaminlar mavjud. Bundan tashqari, turli xil eritmalar - natriy xlorid, dekstroz.
Bemor poliklinikaga borganida oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tadi, so‘ngra dori vositalari ro‘yxati bilan dori-darmonlarni berish uchun maxsus idoraga yuboriladi.

"Dorilar nomiga qarab 5,15 kun va bir oyga berilishi mumkin", - dedi Galina Durmanova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu ro‘yxatga gemodializ olayotgan bemorlar uchun dori vositalari ham kiritilgan. Masalan, albumin, temir preparatlari, aminokislotalar, geparin, protamin. Bunday bemorlar ularni har oyda olishadi.