TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 27-iyul kuni “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:
Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi tizimida “O‘zbekteatr” va “Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasasi tashkil etildi.
Avvalroq Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston madaniyat vaziri, Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani xabar qilingan edi.