Buxoroda sayyohlarga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi

Buxoro shahrida haftada 7 kun 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Buxoroda sayyohlarga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Respublikaning turizm salohiyatidan samarali foydalanish va sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Buxoro shahrida haftada 7 kun 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Buxoroda sayyohlarga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi

“Buxoro shahridagi M.Iqbol ko‘chasida “Tungi mobil bozor” faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi xorijlik va mahalliy sayyohlar uchun hududlarda turizm xizmatlari turlarini oshirish va shu maqsadda turizm obyektlarining infratuzilmasini tubdan yaxshilash imkoniyatini beradi”, deyiladi xabarda.

Maskandagi har bir inshoot Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarining ramziy darvozalari maketi ko‘rinishida qurilgan.
Buxoroda sayyohlarga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi
U yerda o‘zbek milliy taomlarini tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, suvenirlar sotiladigan do‘konlar, hunarmandchilik rastalari – barchasi bu yerga kelayotgan sayyohlarning hayratini bir necha karra oshiradi.
Buxoroda sayyohlarga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi
Shuningdek, “Tungi mobil bozor” o‘ziga xos tematik uslubdagi yoritish moslamalari bilan ta’minlangan.