Buxoroda “Gentra” haydovchisi ichki ishlar xodimini urib yubordi

Tez yordam mashinasi, arxiv surat
46 yoshli Buxoro shahar IIO FMB xodimini mashina urib yubordi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Buxoro shahrida “Gentra” haydovchisi ichki ishlar xodimini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa, bugun, 27-iyul kuni, soat 11:40 da Buxoro shahrining I. Mo‘minov ko‘chasida ro‘y bergan. 25 yoshli “Gentra” haydovchisi 46 yoshli shahar IIO FMB xodimi, kapitan J.T.ni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, xodimga zaruriy va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozir uning ahvoli qoniqarli.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.