TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Sovet davrida ishlab chiqilgan T-72 tanki paydo bo‘lganidan haqiqiy afsonaga aylandi va Ginnessning rekordlar kitobiga o‘z toifasidagi eng ko‘p sonda ishlab chiqarilgan jangovar transport vositasi sifatida kirgan edi.
Lekin bugun biz uning yana bir xususiyati, konstruktorlar tomonidan tankning yaratilish bosqichida mujassam etilgan, chuqur modernizatsiya qilish imkoniyatlarining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Zamonaviy himoya. Har qanday jangovar transport vositasini takomillashtirish jarayonida, birinchi navbatda, uning himoyasi yaxshilanadi, chunki zarba beruvchi qurollar yildan yilga kuchayib, aniqligi oshib bormoqda. 72B3M ham bundan mustasno emas: tank kumulyativ o‘q-dorilardan himoya qiluvchi panjarali ekranlar va "Relikt" nomli dinamik himoyaga ega bo‘ldi. Bular so‘zsiz zirhli transport vositasining jang maydonida "yashovchanligi" va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Nishonga olish va o‘t ochish. Tankning ichki asbob-uskunalari ham jiddiy yangilandi va to‘ldirildi: T-72B3Mga ko‘p kanalli "Sosna-U" nishonga olish moslamasi o‘rnatildi. U nishonlarni avtomatik kuzatib borish, 5 km gacha ko‘ra oluvchi termal tasvir kanaliga ega. Yangilangan o‘qlash va nishonga olish tizimi, o‘t ochishni avtomatlashtiradi va nishonga olish aniqligini jiddiy oshiradi. Eng asosiysi tank - yangi, ballistik va qator boshqa xususiyatlari yaxshilangan 125-mmli "pushka"ga ega bo‘ldi.
Yurish xususiyatlari. T-72ning yurish xususiyatlari jiddiy yaxshilandi, endi uni 1130 ot kuchiga ega bo‘lgan yangi dvigatel harakatga keltiradi. Tank gusenitsalari ham yangilandi: ularning yurish xususiyati va chidamlilik muddati uzaytirildi. Bularning barchasi T-72B3Mni jang maydonida mutlaq "qo‘lga tushmas"ga aylantiradi.
Oddiy T-72B qanday qilib T-72B3M ga aylanishi haqida "Uralvagonzavod" taqdim etgan videolavhada tanishish mumkin.