TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. “Vnukovo”da ichki kiyimida olmoslarni olib kirishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar qildi RF Federal bojxona xizmati.
Xabarda aytilishicha, o‘zini BAA aviakompaniya xodimiman deb tanishtirgan O‘zbekiston fuqarosi rusigi ichiga yashirib qo‘ygan qiymati 5 million rubldan ortiq bo‘lgan olmoslarni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganda “Vnukovo” bojxona xodimlari tomonidan ushlandi.
Shaxsiy ko‘rik vaqtida uning ichki kiyimidan olmoslar — 62 ta yirik toshlar va mayda toshlar topilgan.
39 yoshli o‘zbekistonlikning bagajida ko‘plab elektron qurilmalar va qimmatbaho toshlar uchun 40 ta sertifikat topildi.
Strategik ahamiyatga ega tovarlar va resurslar kontrabandasi (RF Jinoyat kodeksining 226.1-moddasi 1-qismi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu moddaning sanksiyasi 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi. Bundan tashqari, u bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun jazoga tortilishi mumkin (RF Jinoyat kodeksining 194-moddasi), ammo agar "ekspertiza elektron qurilmalarni shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan yangi tovarlar deb tan olsa".
Ayni paytda sud qarori bilan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.