Dollar va rubl yana oshdi — 27-iyulda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

27 iyulda amalda bo‘ladigan xorijiy valyutalar qiymati e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,86 so‘mga oshib, 11 624,92 so‘mni tashkil qildi. Yevro 50,30 so‘mga oshib, 12 874,60 so‘m ga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,20 so‘mga ko‘tarilib, 129,21 so‘mni tashkil qildi.