TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi qator ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 26-iyul kuni bir qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydigan manzillar:
Uchtepa tumani: "Diydor" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Olmazor tumani: "Paxta" va "Gulsaroy" MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 14:00 gacha.
Xabarda yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.