TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan test sinovida ishtirok etuvchi abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, 2023-2024 o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 828 699 nafar;
Rus tili — 88 830 nafar;
Qoraqalpoq tili — 28 718 nafar;
Boshqa tillar — 2 239 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.
Ma’lumot uchun, umumiy 2023/2024 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida 1 146 744 nafar abituriyent ishtirok etgan. Ularning 190 mingdan ziyodi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan.