TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. "Roselektronika" xoldingi mini-dronlarni aniqlash va bostirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi kompleks yaratmoqda, dedi RIA Novostiga “Ribinsk priborsozlik zavodi” bosh direktori Andrey Komogorsev.
"Biz mobil radarning birinchi prototipi tayyor bo‘lgach, bostirish modulini yaratish bo‘yicha ishlarni boshladik. Hozir u yakuniy bosqichda, joriy yilning uchinchi choragi oxiriga qadar biz hatto mini-dronlarni aniqlay oladigan va bostiradigan yagona kompleksni taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi korxona rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, majmua radarlari kichik fuqarolik kopterlari kabi eng murakkab uchar obyektlarni aniqlay oladi.
“Biz aniqlagan eng kichik nishonlardan biri bu DJI Mini kabi 16x20 sm o‘lchamdagi drondir. Stansiya harakatlanayotgan dronni 500 metrgacha va muallaq holdagi dronni esa 250 metrgacha masofada ko‘rishi va kuzatib borishi kafolatlangan, jumladan, zich qurilgan shahar binolari orasida ham", - dedi Komogorsev.
Mini-dronlar, jumladan, harbiy maqsadlar uchun moslashtirilgan fuqarolik uchuvchisiz qurilmalar ham bugungi kunda jang maydonida va terrorchilik hujumlarida foydalanish imkoniyati jihatidan jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday dronlar oddiy granatalarni, zirhli transport vositalarini yo‘q qilish uchun kumulyativ snaradlar kallaklarini olib yurishi mumkin. Bundan tashqari, mini-dronlar razvedka va artilleriya otishmalarida nishonlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, korxona biroz oldin kichik aylanuvchi himoya vositasi ishlab chiqqan edi. Og‘irligi 25 kilogrammdan oshmaydigan portativ ko‘p funksiyali radar muhim infratuzilmani obyektlarini, jumladan, dengizda ham, dronlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.