Qashqadaryodagi ayrim xonadonlar ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Qarshi tumanidagi Qoratepa mahallasida aholiga ichimlik suv tarmoqlari qurish ishlari boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatidagi ayrim xonadonlar ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Qarshi tuman hokimligi xabar berdi.
Qarshi tumanidagi Qoratepa mahalla fuqarolar yig‘inida 8 721 nafar aholi istiqomat qiladi. Aytilishicha, mahalla ahlini bir necha yillardan buyon toza ichimlik suvi muammosi qiynab kelmoqda.
Mahallani toza ichimlik suvi bilan markazlashtirilgan holda ta’minlash maqsadida loyihalash ishlari yakunlanib, qurilish-montaj ishlari boshlandi.

“Qoratepa MFYdagi suv tarqatish inshootini rekonstruksiya qilish va aholiga ichimlik suv tarmoqlari qurish ishlariga mas’ul rahbarlar va nuroniylar ishtirokida start berildi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu loyiha orqali qariyb 9 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, ushbu mahallaga yaqin hududlarda aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha ichimlik suvi ishlab chiqarish hajmi oshishi kutilmoqda