TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Poytaxt dehqon bozorlarining birida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi, deya xabar berdi Toshkent shahar IIBB.
Xabarda aytilishicha, mas’ul xodimlar tomonidan poytaxtdagi dehqon bozorlarida tizimli ravishda reydlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shunday qilib, Yakkasaroy tumanidagi dehqon bozorlaridan birida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning iste’molga yaroqliligi tekshirildi.
Poytaxtdagi bozorlarining birida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi
© Glavnoe upravlenie vnutrennix del goroda Tashkenta
“O‘tkazilgan tadbir davomida jami 24.5 kg yirik shoxli mol go‘shti hamda 25.5 kg istemolga yaroqsiz tovuq go‘shti mahsulotlari aniqlandi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, iste’molga yaroqsiz mahsulotlar veterinariya-sanitariya qoidalariga binoan utilizatsiya qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar va iste’molchilar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.