O‘zgidromet qator viloyatlarda sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-30 iyul kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 27-30 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.
Sel-suv toshqini hodisalari quyidagi hududlarda yuzaga kelishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati - Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati - Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Jizzax viloyati - Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati - Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq,
Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati - Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati - So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati - Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Xabarda tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.