TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar soni 8 taga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat Transport vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning birinchi yarim yili davomida "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot Sharq", "Panorama Airways" va "Humo Air" aviakompaniyalariga qo‘shimcha ravishda "Centrum Air", "Silk Avia", "Asia Union Airlines" va "Tashkent Air" aviakompaniyalari tashkil etilgan. Ular hozir o‘z faoliyatini boshlagan.
O‘tgan 6 oy davomida mamlakatga "Uzbekistan Airways" AJ hamda yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar17 ta havo kemasini olib kelgan.
Bugungi kunda "Uzbekistan Airways" AJ, "Qanot Sharq", "Centrum Air", "Silk Avia" hamda "Humo Air" aviakompaniyalari mahalliy yo‘nalishlarida haftasiga 93 ta muntazam aviaqatnovni bajarmoqda.
IATA – 2023 yozgi mavsumida rezident va xorijiy aviakompaniyalarga haftasiga 697 ta chastotada xalqaro parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar taqdim etilgan.