O‘zbekistonda sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholi soni aytildi

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatkich 16 foizga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda aholining 26,4 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vaziri ma’lum qildi, deya xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Yoshlar siyosati va sport vazirining Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga javobi muhokama qilindi.
Aytilishicha, shu yilning o‘tgan davrida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholining ulushi 26,4 foizga teng. Bunda o‘quvchi va talabalarning ulushi 23 foizni tashkil etdi.
"Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatkich 16 foizga yetdi", deyiladi xabarda.
Statistika agentligiga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 454 ta sport-ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.