Moldovaning Rossiya elchixonasi xodimlarini qisqartirish qarori javobsiz qolmaydi – Zaxarova

Rossiya TIV rasmiy vaklining so‘zlariga ko‘ra, bu Kishinyov rejimining ikki tomonlama munosabatlarni barbod qilish sari qo‘ygan galdagi qadamidir.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Moldovaning Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi xodimlari sonini qisqartirish qarori asossiz, Rossiya tomoni buni javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Biz buni javobsiz qolmaydigan hech narsaga asoslanmagan nodo‘stona xatti-harakatlar deb baholaymiz”, - dedi Zaxarova brifingda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, bu Kishinyov rejimining ikki tomonlama munosabatlarni barbod qilish sari qo‘ygan galdagi qadamidir.
Avvalroq Moldova TIV rahbari Nikolay Popesku Kishinyov Rossiya elchixonasi xodimlari sonini qisqartirishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi.