CAFA Futsal Cup 2023: O‘zbekiston-Turkmaniston o‘yinini qayerda tomosha qilish mumkin?

Bugun turnirning uchinchi kunida o‘zbekistonlik futzalchilar Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston poytaxtida o‘tayotgan “CAFA Futsal Cup 2023” musobaqasi doirasida Turkmanistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Dushanbe shahrida 23-30 iyul kunlari Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi shafeligida futzal bo‘yicha milliy terma jamoalar o‘rtasida ilk bor – “CAFA Futsal Cup-2023” turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Turnir doirasida jami 15 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Bugun turnirning 3-kunida O‘zbekistonga Turkmanistonga qarshi o‘yin olib boradi. O‘yinni "Sport TV" orqali O‘zbekiston vaqti bilan soat 14:00 da tomosha qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi turda Tojikiston, 2-turda Afg‘oniston bilan o‘ynadi. Endi 3-turda Turkmaniston, 4-turda Eron, 5-turda esa Qirg‘izistonga qarshi o‘ynaydi.