“Bu haqda churq etishmayapti” — G‘arb Ukraina tufayli yangi muammodan qo‘rqmoqda

Polsha, Ruminiya va Ukraina bilan chegaradosh boshqa davlatlar AQSh yetkazib bergan qurollar bilan to‘lib-toshgan”, — amerikalik jurnalist Seymur Xersh.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Kiyevga berilayotgan harbiy yordam miqdori rekordlarni yangilamoqda. Ammo Yevropa va AQShda qurol-yarog‘ bilan to‘yintirilgan bu mamlakat ular uchun xavf tug‘dirishidan qo‘rqishmoqda.

Mojaroning ilk kunlaridanoq

“Qurollar ovozi o‘chishi bilanoq noqonuniy o‘q-dorilar olib kelish oqimi boshlanadi. Biz buni bilamiz, chunki ko‘p mojarolardan keyin shunday bo‘lgan”, — deya ogohlantirgan edi Interpol rahbari Yurgen Stok o‘tgan bahorda.
OAVlardagi xabarlarga qaraganda, harbiy harakatlar tugashini kutishga to‘g‘ri kelmaydi.

“Polsha, Ruminiya va Ukraina bilan chegaradosh boshqa davlatlar biz Kiyevga jangovar harakatlar uchun yetkazib beradigan qurollar bilan to‘lib-toshgan”, — dedi amerikalik jurnalist Seymur Xersh RTga bergan intervyusida. “Boshqacha qilib aytganda, turli qo‘mondonlar — ko‘pincha generallar emas, balki polkovniklar va boshqalar — partiyalarni qabul qilishgan va shaxsan qayta sotishgan”.

CNN Pentagon bosh inspektori hisobotida qayd etilgan holatlar haqida xabar beradi. Xususan, 2022-yil iyun oyida Ukraina maxsus xizmatlari o‘g‘irlangan tovarlar savdosi bilan shug‘ullangan bir necha kommersantlar ishtirokidagi sxemani yashirgan. Shuningdek, o‘zini ko‘ngilli sifatida tanishtirib, 17 ming dollarlik o‘q o‘tkazmaydigan jiletlarni o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, 60 ta avtomat va mingga yaqin o‘q-dorilarni o‘g‘irlagan milliy batalon jangchilari hibsga olingan. Ular hamma narsani “qora bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan” omborda saqlashgan, deb ta’kidlaydi telekanal.
Bundan tashqari, CNN “ismi oshkor etilmagan rossiyalik amaldor nazoratidagi kuchlar” UQK qurol-yarog‘ini o‘g‘irlashga uringanini da’vo qilmoqda.

Monitoring qilishdagi muammolar

E’tiborlisi, hisobot 2022-yilning fevralidan sentabrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, o‘shanda Ukrainada Amerika tekshiruvlari bo‘lmagan. Shuning uchun ular asosan Kiyev tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanganlar.

Bu ma’lumotlarning ishonchliligi shubhali. “Qurol urush tumaniga kirsa, biz uning qayerda ekanligi borasida ishonch hosil qila olmaymiz”, — dedi CNN telekanaliga AQSh razvedka xizmati xodimi. — “Bu ulkan qora tuynuk”.

Shu bilan birga, “Military” nashri ma’lumotlarga ko‘ra, mojaroning dastlabki sakkiz oyi davomida amerikaliklar UQKga minglab “Stinger” va “Javelin” raketalari, gaubitsalar, o‘n mingdan ortiq granatalar, S-4 portlovchi moddalari va 59 million o‘q-dorilar yuborgan. Yanada kuchliroq va murakkab tizimlar — NASAMS, HIMARS, Phoenix Ghost dronlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
“Samarali monitoring jarayon markazida bo‘lishni talab qiladi”, — deb ta’kidlaydi nashr.
Tekshiruvlar faqat noyabr oyida boshlangan. Ammo ta’minot va nazorat mexanizmining shaffofligi borasida hali ham savollar tug‘ilmoqda. Avvalo — Pentagonning o‘ziga.
“Minglab qurol va o‘q-dorilar uchun zarur hisobot yo‘q”, — ta’kidlangan Mudofaa vazirligi bosh inspektorining iyun oyidagi hisobotida.
Ular Kiyevga topshirilgan qurollarning 60 foizini zarur tartibda nazorat qilmaganlar. Ba’zi hollarda tasdiqlovchi hujjatlar umuman yo‘q edi. Voqea joyida amerikalik harbiylar qutilarni ochib, uzatatilayotgan narsalarni ko‘rishgan.
Hisobot mualliflari tushuntirishga urinishmoqda: amerikaliklar o‘g‘irlik qilgani yoki Ukraina uchun mo‘ljallangan manzilga noto‘g‘ri jo‘natish bilan shug‘ullangani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Hech kimga aytilmasin

Ammo xorijdagi Kiyev hamkorlarining ishonchliligi borasida juda shubhalanishmoqda. Kongress doimiy ravishda auditni kuchaytirishga chaqirmoqda. Bu mavzuni Respublikachilar — ham Baydenning radikal raqiblari, ham bu qadar shiddatli pozitsiyada bo‘lmaganlar ham ko‘tarmoqda. Xususan, Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tarafdori, ammo qurol-yarog‘ yetkazib berishda “cheklovlarsiz” usulga qarshi.
Yevropaliklar ehtiyot bo‘lishlari kerak.
“Agar siz harbiy yordamni tanqid qilsangiz, sizni darhol rossiyaparastlar lageriga jo‘natishadi”, — deya “Stop Wapenhandel” (“Qurol savdosini to‘xtating”) faoli Vendela de Vris so‘zlaridan Gollandiyadaning “NRC Handelsblad” nashri iqtibos keltiradi. “Biz har doim ham ta’minotga qarshi emasmiz — ba’zida bu kimningdir hayotni saqlab qolishi mumkin, ammo biz buni keng ommada muhokama qilishni xohlaymiz.”
Niderlandiya hukumati yuborilgan qurollar taqdiri bilan umuman qiziqmaydi.
Mahalliy OAVlarda anonim amerikalik tadqiqotchining fikri bildirildi: giyohvand moddalar sotuvchilari qurollanmoqdalar.
Mutaxassis ogohlantiradi: og‘ir texnikalar AQSh dushmanlari qo‘liga tushishi mumkin. Bu zamonaviy qurollarning noto‘g‘ri manzilga yetib borishi bilan tugashi mumkin.
Noqonuniy qurol savdosi Kiyevda 1990-yillardan beri davom etayotgan muammo bo‘lib kelgan. 2014-yildan keyin “Global Organized Crime Index” veb-sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina butunlay Yevropadagi eng yirik qora bozorlardan biriga aylandi. Tovarlarning bir qismi mamlakatda — yarim huquqiy tuzilmalar qo‘lida qolgan. O‘sha paytdayoq millionlab “o‘qotar qurollar” noqonuniy sotib yuborilgan. Endi muammo uning sirliligi va noaniq ta’minotni boshqarish tizimi tufayli keskin jiddiylashdi.