Sentabrda Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes-forumi o‘tkazilishi kutilmoqda

Senat raisi Tanzila Narbayeva rasmiy tashrif bilan Belarusga borishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes-forumi sentabr oyining boshiga rejalashtirilgan. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi xabar berdi.
Belarus Milliy Assambleyasi Kengashida Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan joriy yilning sentabr oyi boshida Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes-forumini o‘tkazish taklif etildi.

“Shu kunlarda hamkasbim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning rasmiy tashrifi bo‘lishiga umid qilamiz”, — dedi kengash raisi Natalya Kochanova.

Yig‘ilish davomida forum dasturi, oltita tematik seksiya yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish, yalpi majlis, ko‘rgazma, ishtirokchilarni joylashtirish va ularga transport xizmatlari ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.