TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,04 so‘mga oshib, 11 613,06 so‘mni tashkil qildi. Yevro 25,30 so‘mga tushib, 12 824,30 so‘m ga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,70 so‘mga ko‘tarilib, 129,01 so‘mni tashkil qildi.