TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining sekin qarshi hujumi Ukraina va AQSh prezidenti Jo Bayden uchun katta xavf tug‘dirmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Ukrainadan voz kechish va Rossiyaning hech bo‘lmaganda qisman g‘alaba qozonishiga imkon berish Baydenning tashqi siyosatidagi jiddiy muvaffaqiyatsizlik bo‘ladi.
Bayden e’lon qilgan Ukrainaga Rossiya bilan kuchli pozitsiyadan muzokara olib borish uchun milliardlab dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish strategiyasining sinovi bo‘lishi mumkin.
"Bu G‘arbning allaqachon yetishmayotgan qurollarni yetkazib berishda davom etayotgan qobiliyatiga ham jiddiy sinov bo‘lishi mumkin. Ochig‘ini aytganda, ishlar yaxshi ketayotganda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish osonroq", — AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi Jon Xerbstning so‘zlarini keltiradi nashr.
Ukraina qarshi hujumining sekin sur’ati jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar joriy yilda bo‘lib o‘tishiga umidlarni susaytiradi, degan xulosaga keldi jurnalistlar.