Tarixiy sana: Kavkaz uchun jang boshlangan kun

Gitlerning “Edelveys” operatsiyasining maqsadi — Qora dengiz portlariga chiqish, Boku nefti, Stalingradni egallab olish edi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi yillarida, aynan 1942-yil 25-iyul kuni “Kavkaz uchun jang” boshlangan edi. Bundan bir kun oldin nemislar Rostov-na-Donu shahrini bosib olib Don darosidan kechib o‘tishni boshlagan edi.
Gitlerning “Edelveys” operatsiyasining maqsadi — Qora dengiz portlariga chiqish, Boku nefti, Stalingradni egallab olish edi.
Sovet rahbariyati bunga yo‘l quymaslik maqsadida fashistlarga keskin qarshilik ko‘rsatgan, Novorossiysk, Tuapse, Maykop, Orjonikidze, Mozdok uchun shiddatli janglar olib borilgan va natijada nemislar 100 000 dan ortiq askarini yo‘qotib Zakavkazye hududida to‘xtatilgan edi.
Kavkaz orti hududini to‘liq ozod qilish operatsiyasi 1943-yil boshida boshlanib, deyarli 10 oy davom etadi va urushning burilish nuqtasiga aylanadi. Stalingrad g‘alabasidan so‘ng sovet qo‘shinlarining hujumga, nemislar esa chekinishga o‘tadi.