TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kiyevga qarshi hujumdan oldin yetkazib berilgan G‘arb qurollarining uchdan bir qismi yo‘q qilindi, habar berdi DXR rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Denis Pushilin “Rossiya 24” telekanali efirida.
“Endi biz taxminiy raqamlarni ma’lum qilishimiz mumkin: taxminan 30% yo‘q-qilingan. Ayni paytda, harakatlarni to‘xtatsa bo‘ladi deb aytishga hali erta, chunki qurol-yarog‘ ta’minoti davom etmoqda. <...> Ehtimol, qarshi hujumdan oldingidek shiddat bilan emas, lekin shunga qaramay, yetkazib berilayotganlarni nishonga olmoqdamiz”, — ma’lum qildi Pushilin.
Ukrainaning qarshi hujumi Janubiy Donesk, Artyomovsk va birinchi navbatda Zaporojye yo‘nalishlarida 4-iyun kuni boshlandi. Kiyev NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan brigadalarni jangga kiritgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 21-iyul kuni aytganidek, hozircha Ukraina qo‘shinlari uchun hech qanday natija yo‘q va G‘arb kuratorlari “qarshi hujum” holatidan “aniq hafsalasi pir bo‘lgan”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga “na qo‘llanilgan ulkan resurslar, na qurol-yarog‘, tanklar, artilleriya, zirhli texnikalar, raketalar yetkazib berish, na minglab yollanma askar va mutaxassislarni jo‘natish” yordam bera oladi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina armiyasining yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 11-iyul holatiga yo‘qotishlar 26 ming askar, 1244 tank va minglab boshqa texnika, 21 samolyot va oltita vertolot, shu jumladan 17 Leopard va 12 Bradley tanklaridan ham oshmoqda. Katta yo‘qotishlar AQShdan yangi qurol-yarog‘ partiyalarining shoshilinch jo‘natilishi bilan tasdiqlanadi.