TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti 25-iyul holatiga:
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi LXRning Belogorovka, DXRning Zaysevo, Pervomayskoe, Mariinka va Klesheyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 8ta hujumini qaytardi.
DXRning Grigorovka va Konstantinovka aholi punktlari hududlarida UQKning 28, 54mexanizatsiyalashgan, 80-havo hujumi brigadalari va 107-hududiy mudofaa brigadalari bo‘linmalariga zarba berildi.
Shuningdek, Grigorovka va Spornoe aholi punktlari hududlarida UIKning 3-shturm brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 4-operativ batalonining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda Ukraina 280 dan ortiq harbiy xizmatchi, 3ta tank, 5ta zirhli jangovar mashinasi, 8ta pikap, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita "Msta-B" gaubitsasi, uchta "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi, AQShda ishlab chiqilgan artilleriyaga qarshi radari - AN/TPQ-36 yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi LXRning Nevskoe, Novovodanoe va DXRning Torskoe aholi punktlari hududlarida dushmanning to‘rtta hujumini qaytardi.
Podpolkovnik Buylovning mohir qo‘mondonligi ostida 15-motoo‘qchilar brigadasi bo‘linmalari front bo‘ylab to‘rt kilometr olg‘a siljishga muvaffaq bo‘lishdi va Sergeevka posolkasini ozod qilishdi. Dushman mudofaasi 2 km ichkarisiga yorib o‘tildi.
Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida gvardiya polkovnigi Vasilev qo‘mondonligidagi 234-havo desant polki bo‘linmalari dushman hujumini qaytardi va qarshi hujumga o‘tib, Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasi chuqurligiga 1,5 km ichkarisiga kirishga muvaffaq bo‘lindi.
DXRning Terniy aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi. Terniy, Torskoe va Yampolovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 21, 63, 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari, shuningdek, Ukraina Milliy gvardiyasining 5-operativ brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga artilleriya zarbalari berildi.
DXRning Torskoe va LXRning Novolyubovka aholi punktlari hududlarida UQKning 44-motoo‘qchilar brigadasi va 100-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari 190 nafar harbiy xizmatchi, 6ta zirhli jangovar mashina, 5ta pikap, ikkita D-20, bitta D-30 gaubitsalari, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va AQShda ishlab chiqarilgan AT/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi DXRning Staromayorskoe qishlog‘i hududida bir sutkada dushmanning to‘rtta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
Zaporoje viloyati, Novoivanovka aholi punkti hududida 110-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi.
Zaporoje yo‘nalishida armiya aviatsiyasi va artilleriyasi . Zaporoje viloyatining Zeleniy Gay, Mirne, Orexov, Malaya Tokmachka va Patikhatki aholi punktlarida UQKning 33 va 47mexanizatsiyalashgan brigadalari, 35 - dengiz piyodalari brigadalari, 108chi va 119-sonli hududiy mudofaa bo‘linmalariga zarba berdi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatining Dorojnyanka qishlog‘i hududida Ukrainaning uchta qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Zaporoje viloyatidagi Malaya Tokmachka va Orexov aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 33-mexanizatsiyalashgan brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 15-operativ brigadasining o‘q-dori va yoqilg‘i omborlari yo‘q qilindi.
Ushbu hududlarda dushman kun davomida dushmanning 140 nafar harbiy xizmatchisi, bitta tank, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 gaubitsasi, ikkita D-20 va "Giatsint-S" gaubitsalari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi LXRning Molchanovo, Petropavlovka, Berestovoe, Kislovka Xarkovskoy oblasti va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida UQKning 14, 43 mexanizatsiyalashgan brigadalari va 103-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Kun davomida dushman 35 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, ikkita D-20 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarini yo‘qotdi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 60 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, o‘nta texnika, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 122ta hududda joylashgan 113 artilleriya bo‘linmalari o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Bundan tashqari, Cherkasskiy viloyatining Vazovok qishlog‘i hududida chet ellik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punkti yo‘q qilindi.
Jitomir viloyatidagi Chudnov aholi punkti yaqinida Ukrainaga G‘arb davlatlaridan yetkazib berilgan o‘q-dorilar, qurol-yarog‘ va harbiy texnika omborlari yo‘q qilindi.
DXRning Pervomayskoe va Torskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining 42, 63 mexanizatsiyalashgan brigadalari va 35-dengiz piyodalari brigadalarining qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi.
Havo mudofaa tizimlari kun davomida Zaporoje viloyati Novodarovka aholi punkti hududida Ukrainaning Mi-24 vertolotini urib tushirdi.
Shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketa tizimining 10ta raketasi tutib olindi.
LXRning Lisichansk, DXRning Popasnaya, Petrovske, Lozovoe, Energodar, Zeleniy Gay, Zaporoje viloyatining Balochki va Sladka Balka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 22 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
LXRning Lisichansk, DXRning Popasnaya, Petrovske, Lozovoe, Energodar, Zeleniy Gay, Zaporoje viloyatining Balochki va Sladka Balka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 22 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 457 ta samolyot, 244 ta vertolot, 5258 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa kompleksi, 10889 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1139 ta ko‘p yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari jangovar texnikasi, 5684 ta dala artilleriya moslamalari va minomotlar , shuningdek, 11888ta maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.