O‘zbekistonda "Unistream" pul o‘tkazmalari to‘xtatildi

Mamlakatdagi 14 ta bank "Unistream" xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi faoliyatini to‘xtatdi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi qator banklarda "Unistream" xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi 14 ta bank "Unistream" xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi faoliyatini to‘xtatdi.
Turon bank matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, texnik sozlash ishlari olib borilayotganligi sababli "Unistream" xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Xalq banki va Ipoteka bankning Telegram-kanallarida qayd etilishicha, Unistream xalqaro pul o‘tkazmasi tizimi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.