O‘zbekistonlik merganlar Jahon chempionatida qanday natija qayd etishdi?

O‘zbekistonlik sportchilar dunyoning 600 nafardan ziyod merganlar ishtirok etayotgan jahon chempionatida 2 ta kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi o‘q otish bo‘yicha jahon chempionatida 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpich qo‘mitasi xabar berdi.
Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 45 mamlakatidan 600 nafardan ziyod merganlar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘q otish bo‘yicha jahon chempionatida 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi
“O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Har ikki medal ham yigitlar o‘rtasida 50 metrdan to‘pponchadan otish dasturida qo‘lga kiritildi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘q otish bo‘yicha jahon chempionatida 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi
Yakkalik bahslarida Veniamin Nikitin shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Muhammad Kamalov, Ilhombek Obidjonov va Veniamin Nikitin jamoaviy dasturda kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Misrda o‘tgan jahon chempionatida ham sportchilar jamoaviy dasturda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan. Bu yil merganlar yakkalik dasturidagi medalni ham terma jamoa g‘aznasiga qo‘shib, o‘zlari qayd etgan natijani yangilashdi.