Olmaliqda Muhandislik maktabi ish boshlaydi — unda kimlar o‘qishi mumkin?

Hozirda 2020-2022 yillarda kon-metallurgiya yo‘nalishida bakalavrni tamomlagan, o‘z sohasi bo‘yicha ishlamayotgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq Muhandislik maktabi qurilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Aytilishicha, “Muhandislik maktabi” Olmaliq shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi hududida joylashgan davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonida quriladi.
Maktab bir qator xorij davlatlarining muhandislar tayyorlash markazlari faoliyatini o‘rgangan holda hamda Olmaliq KMKning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, tashkil etilmoqda.
“Muhandislik maktabida metallurgiya va konchilik sanoati sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi o‘z faoliyatini esa joriy yilning noyabr oyida boshlashni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Maktabga 9 ta yo‘nalishda, bir o‘quv kursiga 160 nafar tinglovchi qabul qilinadi.
Hozirda 2020-2022 yillarda kon-metallurgiya yo‘nalishida bakalavrni tamomlagan, o‘z sohasi bo‘yicha ishlamayotgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Finlandiya, Kanada, Rossiya, Belarus, Germaniya, Janbiy Koreya, Xitoy, AQSh kabi 13 ta davlatdan kon metallurgiya, geologiya, sanoat, marksheyderlik yo‘nalishlarda mutaxassislar jalb etiladi.