AQSh Polshani “Vagner” jangchilaridan himoya qilishga va’da berdi

AQSh Davlat departamenti Polsha va boshqa NATO davlatlarini “Vagner” guruhi jangchilaridan himoya qilishga va’da berdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. AQSh Davlat departamenti Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning “vagnerchilarning Polshaga ekskursiyaga borish istagi”haqidagi so‘zlariga NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga va’da berdi.
"Polsha bilan ittifoqimiz mustahkam. Polsha NATO a’zosi va kerak bo‘lsa, NATO hududining har qarichini himoya qilamiz", — dedi AQSh tashqi siyosati vakili Mettyu Miller.
Iyun oyidagi isondan keyin Belarusga kelgan vagnerchilar "Ukrainaga harbiy yuklarni yuklash bazasiga aylangan Polshadagi - Jeshuvga ekskursiyaga bormoqchi", deb ta’kidlagandi Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda.