TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Fuqaro “qizil pasportini”, migratsiya varaqasini, patent hujjatlarini yo‘qotgan taqdirda, o‘z biometrik pasporti bilan O‘zbekistonga qaytib kela oladi, dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmatov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
“Lekin inobatga olish kerakki, agarda fuqaro yo‘qolgandan so‘ng tez fursatda hujjatlarni tiklash uchun konsullik muassasalalariga, patent hujjatlarini qayta rasmiylashtirish uchun tegishli migratsiya xizmat organlariga murojaat qilmasa, ya’ni norasmiy tartibda bo‘lsa, chiqib ketishgacha bo‘lgan davrda Rossiya ichki ishlar organlarining reydlari davomida hujjatlari yo‘qligi aniqlansa, unga nisbatan 5000 mingdan 7000 ming rublgacha bo‘lgan ma’muriy jarima chorasi qo‘llanilishi mumkin”, - dedi Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakili.
Mavzuga doir materiallar: