TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Zaporojye yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlari butun bir bo‘linmalab taslim bo‘lmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy “Rossiya 24” telekanali efirida xabar berdi.
“Aytishim mumkinki, o‘tgan vaqt ichida, deylik, bir oy ichida dushman taslim bo‘la boshladi. Hozirda, bahordagi qochqinlar kabi, bir-ikkitalab emas, balki butun bo‘linmalar bilan taslim bo‘lishmoqda. Rotalar yo‘q, lekin biz vzvodning taslim bo‘lganiga allaqachon guvoh bo‘ldik”, — ma’lum qildi Baliskiy.
Baliskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari mudofaa chizig‘ini barqaror ushlab turmoqda. ”Ularning jangovar ruhiyati juda mustahkam“, — dedi Baliskiy.
Uning ta’kidlashicha, taslim bo‘lganlarning barchasi uchun munosib ta’minot tashkil etilgan, ”hech kim hech kimni urmaydi va qiynoqqa solmaydi“.
O‘tgan hafta ”RIA Novosti“ ga maxsus lavhalar yuborildi, unga ko‘ra, Zaporojye yo‘nalishida Ukraina harbiylarining butun bir guruhi taslim bo‘lgan: ular qo‘llarini ko‘targan holda Rossiya pozitsiyalariga kelishgan. Ilgari, bunday holat kamdan-kam kuzatilgan: asosan bittalab taslim bo‘lishgan. Taslim bo‘lganlarning barchasiga front chizig‘ini xavfsiz kesib o‘tish imkoniyati berildi.