TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Avgust oyidan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar boshlanadi, deb xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent – Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni Qanot Sharq aviakompaniyasi bajaradi.
Aviakompaniya 2023-yilning 20-avgust kunidan ushbu yo‘nalishda qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Mazkur yo‘nalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.