Mirziyoyev Rossiya Federatsiya Kengashi raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

Matviyenko O‘zbekiston rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Matviyenko O‘zbekiston rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan parlamentlararo muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlagani xabar qilingan edi.