Harbiy muxbir Juravlov o‘limi uchun Kiyev rejimi javobgar – Peskov

22 iyul iyul kuni Ukrainaning jurnalistlar guruhini kassetali o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutishi oqibatida RIA Novosti jurnalisti Rotislav Juravlov halok bo‘lgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya hududidagi harbiy muxbirlarni o‘qqa tutish jurnalistlarga qasddan hujum qilish edi, buning uchun javobgarlik Kiyev rejimi zimmasida. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskov Ukraina Qurolli kuchlarining jurnalistlarga uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi va buning oqibatida halok bo‘lgan RIA Novosti harbiy muxbiri Rotislav Juravlov yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Yarador bo‘lgan jurnalistlarga esa tezroq tuzalib ketishlarini tiladi.

“Bu jurnalistlarga qasddan qilingan hujum, tabiiyki, buning uchun javobgarlik Kiyev rejimi zimmasida”, - dedi Kreml vakili.

Peskov har qanday inson o‘limi bu hamisha katta bir fojia ekanini ta’kidladi.
“Hozir gap o‘z vazifalarini bajarayotgan jurnalist o‘limi haqida borapti. Aynan Kiyev rejimi sodir etgan bu hodisa butun dunyoda juda jiddiy jinoyat sanaladi”, - dedi u.
“Biz RIA Novosti jamoasiga ham, mamlakatimizning butun jurnalistika korpusiga ham, Juravlovning yaqinlariga ham chuqur hamdardlik bildiramiz”, - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
22 iyul kuni Ukraina harbiylari Zaporojye viloyatida vazifalarini bajarayotgan rossiyalik jurnalistlar guruhini ataylab o‘qqa tutdi. Buning oqibatida RIA Novosti jurnalisti Rotislav Juravlov halok bo‘ldi. Bundan tashqari, agentlikning yana bir muxbiri Konstantin Mixalchevskiy va “Izvestiya” nashri xodimlari Roman Polshakov i Dmitriy Shikovlar yarador bo‘lishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina jurnalistlar guruhini kassetali o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutgan. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Juravlov o‘limida aybdorlar muqarrar jazolanishini ma’lum qildi. Kiyevga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berganlar ham javobgarlikka sherik bo‘lishadi.