AQShning vaqti tugamoqda: Vashingtonda “bir necha oy” qoldi

Ukraina fronti uchun sarflangan har bir oy, haftas va kun, AQShning asosiy fronti — Xitoy bilan qarama-qarshilikda uning istiqbollarni yomonlashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Kuni kecha AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken “ruslar kuchli mudofaa chizig‘i qurgani” sababli Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumi “juda og‘ir o‘tayotganligi” hamda Kiyev va G‘arb uchun muvaffaqiyat olib kelmasligini aytdi.
Biroq, u istiqbolda Ukrainaning haqida ijobiy fikrlar bildirdi va shu bilan birga “bu vaziyat yaqin bir-ikki hafta ichida tugamasligini” tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bu vaziyat “bir necha oy” davom etishiga umid qilmoqda.
Tabiiyki, bu vaziyatda savol tug‘iladi: amerikaliklarning UQK muvaffaqiyatiga bo‘lgan umidlari barbod bo‘lganidan so‘ng nima bo‘ladi va nimani kutish kerak? Savol yanada dolzarbroq, chunki Blinken “bir necha oy” haqida gapirayotgan birinchi odam emas. Yaqinda Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida turli ishtirokchilar, Kiyevda hech bo‘lmaganda qandaydir natijalarni ko‘rsatish va unga G‘arb sarmoyalarini qaytarish uchun uzog‘i bilan kuzgacha vaqt borligi haqida yashirin va ba’zan ochiq bayonotlar berishdi.
Bu savolga eng mashhur javob — UQKning qarshi hujumi to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham bu G‘arbning pozitsiyasiga tubdan ta’sir qilmaydi, chunki u Ukrainada bo‘layotgan urushda Rossiyaga qarshi kurashishni o‘zining o‘zining asosiy maqsadi deb belgilagan. Biroq, bu nuqtayi nazar tarafdorlari NATOning Rossiyaga qarshi kurashida asosiy yo‘nalishni mutlaq aniqlik bilan baholab turib, boshqa, muhimroq jihatda adashmoqda.
Biroz g‘alati tuyulishi mumkin, ammo bu kurashda Vashington o‘zining eng katta geosiyosiy raqibi deb Rossiyani emas — Xitoyni belgilagan. Bu Vashingtonning barcha tashqi siyosati va harbiy-siyosiy strategiyalarida bevosita belgilangan. Qolaversa, bu hiyla yoki qandaydir yashirin maqsad emas, balki amerikaliklar yengishga majbur bo‘lgan mustahkam haqiqatdir.
Geosiyosat asosida har doim iqtisod, bozorlar uchun kurash, resurslar, texnologik yetakchilik va hokazolar yotadi. Dunyoda birinchi (yoki ikkinchi) iqtisodiyotga aylangan Xitoy — xavfli raqibni bo‘g‘ib o‘ldirishdan boshqa chorasi qolmagan AQSh uchun asosiy muammoga aylangan. AQShda eng xavfli raqibni "bo‘g‘ib o‘ldirish"dan boshqa imkoniyat qolmagan
Boshqa tomondan, amerikalik strateglar mutlaqo to‘g‘ri fikr yuritishmoqda: Moskva Xitoyni orqa tomondan himoya qilib turar ekan, Pekin bilan kurashda g‘alaba imkoniyati unchalik yuqori bo‘lmaydi. Shu bois birinchi zarba Rossiyaga berildi.
Bu g‘oya o‘zining soddaligi va osonligi bilan dohiyoon edi: deyarli har qanday natijada Rossiya Ukraina bilan mojaroda o‘ralashib qolgan bo‘lardi. Bunday voqealar yakuniy natijasi sifatida Rossiya uchun kamida 10ta ssenariy tuzilgan edi — mutlaq tanazzul va hokimiyat almashuvidan tortib (harbiy mag‘lubiyat va davlatchilikning qulashi) to‘liq g‘alabaga qadar. Rossiya g‘alaba qozongan taqdirda ham mojarodan so‘ng Ukrainaning vayron bo‘lgan hududini tiklash va uning aholisini boqish kabi iqtisodiy muammolarga duch kelgan bo‘lardi. Qanday bo‘lmasin, Rossiya ichki muammolarni hal qilishga e’tibor qaratishga majbur bo‘lar, shunchaki faol tashqi siyosat uchun esa kuch va resurslari qolmas edi. Bunday vaziyatda yordamsiz qolgan Xitoyni AQSh va uning ittifoqchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikda yanada zaifroq qila olgan bo‘lardi.
Biroq, Moskva ushbu murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini topdi va mojaro uchun shunday vaziyatga olib keldiki, hozir Ukraina botqog‘iga kim ko‘proq botib qolgani aniq aytish mushkul — Rossiyami yoki G‘arb.
Albatta, Rossiyaning NATO bilan uzoq davom etayotgan urushda qarshilik ko‘rsatish imkoniyatlari qanday ekanligini muhokama qilish mumkin. Ammo ittifoqda, to‘g‘rirog‘i, AQShda bunday mojaroning eng muhim “omili” – vaqt tugamoqda. Vaqt ularda shiddat bilan tugamoqda.
Hozir to‘qsoninchi yillar emas, hatto ikki minginchi yillar ham emas. Amerikaliklar endi o‘n yillik va hatto bir yillik formatda ham harakat qila olmaydi. Hisob-kitob oylar miqyosida ketmoqda. AQSh gegemonligining parchalanishi va u tomonidan boshqarilmaydigan muqobil xalqaro tuzilmalar qurilishi jarayonlari keskin tezlashdi. G‘arb iqtisodiyoti va siyosiy tanazzulga uchrashi shu qadar tezlashmoqdaki, buni oddiy odam ham tushuna oladi. Xitoy muqarrar kelajakka — G‘arb bilan to‘qnashuvga shiddat bilan tayyorlanmoqda, chunki tarixiy jarayonlar mantig‘i shunga olib kelmoqda. Ushbu buyuk to‘g‘nashuv oldidan Xitoy o‘z “ko‘nikmalarini yaxshilash” uchun har bir daqiqadan foydalanmoqda. Va bir vaqtning o‘zida o‘z qo‘lidagi AQSh davlat qarzlaridan ildam voz kechmoqda.
Shunday qilib, strategik nuqtayi nazardan AQSh uchun ikkinchi darajali bo‘lgan Ukraina frontiga harbiy-siyosiy diqqat qaratishning har bir oyi, haftasi va kuni, G‘arbning asosiy fronti — Xitoy bilan qarama-qarshilikda AQSh istiqbollarni yomonlashtirmoqda. Hozir ular o‘zlari uchun o‘ta muhim bo‘lgan resurs vaqt uchun kurashmoqda. Bekorga har hafta ularning yuqori martabali amaldorlari birin-ketin Pekinga qatnayotgani yo‘q. Masalan o‘tgan hafta oxirida Genri Kissinjer u yerga tashrif buyurgan edi va ishonch komilki bu AQSh vakilarining so‘nggisi emas.
Biroq, bu tashriflar hech narsani tubdan o‘zgartira olmaydi — tez orada AQSh Ukraina loyihasidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida Ikkita keng ko‘lamli mojaroda qatnashish uchun ularda resurslar yetarli emas. Xitoyni esa ular tinch qo‘ya olmaydilar, chunki bu holda ularning geosiyosiy halokati kafolatlanadi.
Shubhasiz, amerikaliklar Rossiya uchun maksimal darajada muammolar yaratishni va ular bilan qoldirishni va imkon qadar o‘zlarining obro‘yini saqlab qolgan holda Ukrainani tark etishga harakat qiladi. Ammo Osiyo harakatlar teatriga e’tibor qaratish — ular uchun hayot-mamotdir. Buning uchun ularda atigi bir necha oy qoldi.