TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov rasman Fransiyaning "Lans" klubiga o‘tdi.
Abduqodir Husanov Fransiya jamoasi tarkibida to‘p surgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ladi. Istiqbolli futbolchi Fransiya klubi bilan 4-yillik shartnoma imzolagan. Abduqodir fransiya jamoasida 25 raqam ostida maydonga tushadi.
"Lens" klubi, rasmiy nomi - Racing Club De Lens, — Fransiyaning Lens shahrida joylashgan futbol klubi. U 1906-yilda tashkil etilgan. Kulubning uy uchrashuvlarini 38 000 tomoshabinga mo‘ljallangan Bollar-Delelis stadionida o‘tkaziladi.
"Lens" klubi 1-ligada o‘ynaydi va o‘tgan yilni muvaffaqiyatli yakunlagan - Fransiya chempionatida ikkinchi o‘rin. Bu yil Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘llanma olgan. Xullas istibolli klub.
Ayni damda Lens klubining rasmiy sahifasida Abduqodirning klubga o‘tishiga bag‘ishlangan katta maqola chop etilgan. Unda yosh futbolchi zabardast va nihoyatda istiqbolli ekani qayd etilgan.
Xususan 2023-yilda CIES Football Observatory tomonidan e’lon qilingan eng istqbolli markaziy himoyachilar reytingida Abduqodir jahonda 15 o‘rinda ekani aytib o‘tilgan.
Maqola O‘zbekiston haqidagi quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi:
"O‘zbekiston jang san’atida azaldan ajralib turadi. Kurash bo‘ladimi, boks bo‘ladimi, o‘zbeklar bu yo‘nalishlarda xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatdi. Ammo yillar davomida futbolning mashhurligi oshib bormoqda, u yosh avlod orasida juda mashhur. Milliy terma jamoa Osiyoda o‘zini ko‘targan kuch sifatida ko‘rsatgan."